Oʻzbekiston Prezidenti «Markaziy Osiyo — YeI» sammitiga keldi

0
88
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirgʻizistonning  Choʻlponota shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi — Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Choʻlponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti boʻlib oʻtadi. Uning kun tartibidan mintaqamiz mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.