Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv oʻtkazdi

0
19
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini yakunlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish, xorijdagi yetakchi taʼlim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak Oʻzbekiston investitsiya salohiyati «roud-shousi» va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetakchi xorijiy kompaniyalar va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda yuqori saviyada oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Toshkent xalqaro tijorat sudini ishga tushirishning amaliy jihatlari, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini mustahkamlash, iqtisodiy rivojlanish sohasida fundamental tadqiqotlar olib borish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga toʻxtalib oʻtildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.