Oʻzbekiston Prezidenti Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan medal bilan taqdirlandi

0
31
marta koʻrilgan.

Shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiy yubileyiga bagʻishlangan xalqaro forum yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbariga «Maxtumquli Firogʻiyning 300 yilligi» esdalik medalini tantanali ravishda topshirdi.

****

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatib qoʻydi.

Oʻzbekiston Prezidenti turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan xalqaro forumda uning merosi xalqlar oʻrtasida hamjihatlik va oʻzaro anglashuv rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.

Tadbir doirasida Prezidentimiz Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.