Oʻzbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv oʻtkazdi

0
38
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatimizda boʻlib turgan ushbu tashkilot bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuv avvalida MDH bosh kotibi davlatimiz rahbarini Oʻzbekiston Prezidenti saylovida qozongan ishonchli gʻalabasi bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat, mamlakatimiz barqaror taraqqiyoti va ravnaqini taʼminlash yoʻlida muvaffaqiyatlar tiladi.

Saylov xalqaro standartlarga toʻliq mos holda oʻtgani qayd etildi.

Saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi hamda ovoz berish natijalari aholi amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini keng qoʻllab-quvvatlayotgani va unga ishonishidan dalolat ekani alohida taʼkidlandi.

MDH doirasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston Hamdoʻstlikning 40 dan ziyod bitimlarini imzoladi, 24 ta sohaviy organlariga qoʻshildi. Kuni kecha Toshkentda MDHga aʼzo davlatlar saylov komissiyalari rahbarlari maslahat kengashining birinchi yigʻilishi oʻtkazildi.

Uchrashuvda koʻp tomonlama sheriklikni kengaytirishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.