Oʻzbekiston Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi

0
70
views
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtadigan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining anʼanaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tuzilmaga aʼzo davlatlar yetakchilari MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.

Hamdoʻstlikning oktyabr oyida oʻtgan Ashxobod sammitida qabul qilingan qarorga muvofiq, 2020 yilning 1 yanvaridan MDHda Oʻzbekiston Respublikasi raislik qiladi.


PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here