Oʻzbekiston Prezidenti Misr yetakchisini saylovdagi ishonchli gʻalabasi bilan tabrikladi

0
59
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali muloqotda uni Prezident saylovida qozongan ishonchli gʻalabasi bilan samimiy qutladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida..

Saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari doʻst Misr xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini keng qoʻllab-quvvatlayotganidan dalolat ekani qayd etildi.

Oʻzbekiston-Misr keng koʻlamli sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Joriy yil fevral oyida Qohiraga oliy darajali tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot va almashinuvlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo hajmi oshib bormoqda. Qishloq xoʻjaligi, geologiya, suv taʼminoti, transport, logistika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari boshlandi.

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yigʻilishlarini oʻtkazish kelishib olindi.

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.