Oʻzbekiston Prezidenti Misr ishbilarmonlari bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

0
67
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish hamda avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida, shu jumladan togʻ-kon sanoati, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, turizm, qurilish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa sohalardagi loyihalarni amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

Najib Saviris yurtimiz iqtisodiyotiga Misr investitsiyalarini koʻpaytirish uchun barcha saʼy-harakatlarni ishga solishga tayyorligini bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.