Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Misrning yetakchi investitsiya-sanoat korporatsiyasi rahbari oliy darajadagi kelishuvlar doirasida mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Uchrashuvda kompaniyaning Oʻzbekistonda qoʻshma “yoʻl xaritasi” doirasida qiymati 1,2 milliard dollardan ziyod boʻlgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari koʻrib chiqildi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va metall konlarini oʻzlashtirish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va boshqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.