Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif dasturining ikkinchi kunida Moskva shahrining Aleksandr bogʻidagi Nomaʼlum askar qabriga gul qoʻydi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Kreml devorlari yonida joylashgan ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasida mardlarcha jang qilgan va halok boʻlgan millionlab askarlar xotirasiga bagʻishlab barpo etilgan, ajdodlarimiz jasorati va matonati ramzidir.
Oʻzbekiston Prezidenti yodgorlikka gulchambar qoʻyib, insoniyatning tinch kelajagi yoʻlida jonini fido qilgan qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.