Oʻzbekiston Prezidenti Moskvadagi Islom Karimov xiyobonida boʻldi

0
118
marta koʻrilgan.

 Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi yaqinida joylashgan Islom Karimov xiyoboniga ham tashrif buyurdi.

Prezidentimiz buyuk davlat va siyosat arbobi, oʻzbek xalqining ulugʻ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qoʻydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimov oʻzining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning koʻp asrlik tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan ulugʻ shaxs va arbob xotirasiga 2018 yilning 18 oktyabr kuni Moskva shahrida haykal oʻrnatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xiyoboniga tashrifi chogʻida bu yerga yigʻilgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi va ularni qutladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga amaliy tashrifini yakunlab, Moskvadan Toshkentga qaytib keldi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.