Oʻzbekiston Prezidenti Navroʻz arafasida Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarining oʻzaro kelib ketishlari toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqladi

0
72
marta koʻrilgan.

2018 yilning 14 mart kuni Oʻzbekiston tomoni ichki davlat protseduralarini yakunladi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 9 mart kuni Dushanbe shahrida imzolangan Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarining oʻzaro kelib ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi.

Yorqin bahor bayrami Navroʻz arafasida ikki mamlakat aholisiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Tojikiston Respublikasi fuqarolariga ushbu Bitimni rasman kuchga kirishiga qadar vaqtinchalik qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

2018 yil 16 martdan eʼtiboran Tojikiston Respublikasi fuqarolari amaldagi safar hujjatlari (diplomatik, xizmat va xorijga chiqish umumiy fuqarolik pasporti) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vizasiz (30 kungacha) boʻlishlari mumkin.

Bitimning kuchga kirish sanasi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Tojikiston Respublikasida boʻlishiga nisbatan qoʻllanishi toʻgʻrisidagi maʼlumot qoʻshimcha tarzda eʼlon qilinadi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.