Oʻzbekiston Prezidenti “Nebras Power” kompaniyasi bilan sheriklik boʻyicha uzoq muddatli investitsiya dasturini qabul qilishni taklif etdi

0
46
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Doha shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbarini Qatar Bosh vaziri – tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabr kuni Doha shahriga kelgach, “Nebras Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad al-Hajriyni qabul qildi.

“Nebras Power” – Qatarning yetakchi energetika korporatsiyasi. Kompaniya  oʻndan ziyod mamlakatida yirik loyihalarni amalga oshirgan.

Uchrashuvda energetika sohasida, eng avvalo, muqobil energetikada yangi loyihalarni ilgari surish boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatida Qatar kompaniyasi ishtirokida bugʻ-gaz texnologiyalari asosida quvvati 1,6 GVt boʻlgan zamonaviy elektr stansiyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish boshlanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Surxondaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasini barpo etish loyihasi doirasida tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda.

Toshkent viloyatida 600 MVt quvvatli energiya saqlash tizimlarini yaratish hamda Qoraqalpogʻistonda 1 GVt quvvatli shamol elektr stansiyasini ishga tushirish boʻyicha qoʻshma rejalar muhokama qilindi.

Uzoq muddatli sheriklik dasturini qabul qilish, unga, eng avvalo “yashil” energetikaga doir istiqbolli loyihalarni kiritish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.