Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari, taniqli davlat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda.
Tabriknomalarda xorijiy hamkorlar tomonidan doʻst Oʻzbekiston xalqiga tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va taraqqiyot tilaklari izhor etilgan. Ushbu qutlugʻ kunlar mamlakatimiz va mintaqamizning butun musulmon ummatiga farovonlik va ravnaq olib kelishi alohida qayd etilgan.
Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
Quvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq;
Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Al Xalifa;
Iordaniya Podshohi Abdulla II;
Marokash Podshohi Muhammad VI;
Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Quvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Misr Bosh imomi, “Al Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Tayyib.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.