Oʻzbekiston Prezidenti OIIB bilan keng koʻlamli hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi

0
72
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining ushbu nufuzli moliyaviy institut prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari keyingi yillarda Bank bilan munosabatlarda yuksak darajaga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Hamkorlik portfeli 2 milliard dollarga yetdi. Transport, energetika, qishloq xoʻjaligi va kommunal soha, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun Yangi Oʻzbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini yuqori baholadi va uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Bank kambagʻallikka qarshi kurashish va eng avvalo qishloq joylarda ish oʻrinlarini yaratish, davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni aralash tarzda moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish va boshqa muhim yoʻnalishlarda Oʻzbekiston bilan strategik sheriklikni rivojlantirishga intilishi qayd etildi.

Markaziy Osiyo mintaqasida strategik muhim infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Keng koʻlamli hamkorlik doirasidagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va natijadorligini taʼminlashga qaratilgan yangi oʻrta muddatli Sheriklik dasturi va “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.