Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

0
33
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qitʼa konfederatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan samimiy qutlab, Osiyoda ushbu sport turini ommalashtirishga qoʻshayotgan shaxsiy hissasini qayd etdi.

Mamlakatimiz va konfederatsiya oʻrtasida sermahsul hamkorlik olib borilayotganiga alohida mamnuniyat bildirildi. Futbolni rivojlantirish, unga yoshlarni keng jalb qilish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha qoʻshma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Oʻzbekistonda havaskor va professional futbolni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va oʻqitish bazasini barpo etish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni yuqori baholadi. Mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionatlari muvaffaqiyatli oʻtkazilgani va yaqinda milliy terma jamoamiz gʻalaba qozongani bilan chin dildan tabrikladi.

Uchrashuv davomida Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, yirik tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va oʻtkazish, ushbu sport turini ommalashtirish, ilgʻor tajribani joriy qilish va metodologik yordam koʻrsatish, murabbiylarning malakasini oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.