Oʻzbekiston Prezidenti Ostonaga keldi

0
116
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi kun tartibidan tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.

Joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi raislik qilmoqda.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Smailov kutib oldi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here