Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

0
78
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Boku shahriga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ozarbayjon yetakchisi Oʻzbekiston Prezidentiga BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitini qoʻllab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari, oʻz navbatida, Ozarbayjon Prezidentini SPEKAda muvaffaqiyatli raislik qilayotgani bilan tabrikladi.

Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi koʻrib chiqildi.

Tizim va samarali muloqotlar tufayli Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarilgani, amaliy mazmun bilan boyigani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 34 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, energetika, qishloq xoʻjaligi va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Transport va logistika sohasida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.

Davlat rahbarlari oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi yoʻnalishlari yuzasidan ham fikr almashdilar. Kimyo, energetika, zargarlik, mashinasozlik, qurilish va boshqa yoʻnalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentini oʻzi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga borishga taklif etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.