Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon Bosh vazirining oʻrinbosarini qabul qildi

0
102
views

Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Shaxin Mustafoyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlarimizning anʼanaviy yaqin va doʻstona munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shaxin Mustafoyev davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbat chogʻida ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va logistiki loyihalarini ilgari surish hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yigʻilishlarini oʻtkazish, birinchi Hududlararo forumni tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here