Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

0
44
marta koʻrilgan.

24 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida..

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisini tavallud kuni bilan dildan qutlab, qardosh ozarbayjon xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Prezident Ilhom Aliyevning bugungi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va shiddatli taraqqiyotini taʼminlashdagi shaxsiy hissasi va tarixiy oʻrni alohida qayd etildi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlarida yuksak darajaga – strategik sheriklikka erishilganini katta mamnuniyat bilan taʼkidladilar.

Tovar ayirboshlash hajmi 2023 yilda 30 foizga oshdi, mashinasozlik, toʻqimachilik, pillachilik, qishloq xoʻjaligi, neft-gaz majmuasi, turizm va koʻplab boshqa tarmoqlarda istiqbolli kooperatsiya loyihalari faol tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Ikki tomonlama munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida amaliy hamkorlikning 10 ta yangi yoʻnalishini shakllantirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, 2024 yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon rahbariga ushbu mamlakatda boʻlajak Prezident saylovi muvaffaqiyatli oʻtkazilishini tiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.