Oʻzbekiston Prezidenti parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

0
66
marta koʻrilgan.

24 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifi doirasida Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qoʻmitasi Raisi Chjao Leszi bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbatda Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu galgi tashrif har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishga yangi kuchli surʼat bagʻishlashiga ishonch bildirildi.

Keyingi yillarda oʻzaro savdo hajmi ikki barobar, qoʻshma korxonalar soni uch barobar oshdi.

Hududlararo kooperatsiya kengaydi, 22 yanvar kuni Urumchi shahrida boʻlib oʻtgan birinchi Oʻzbekiston-Xitoy hududlar forumining samarali natijalari bundan dalolat bermoqda.

Xitoyning kambagʻallikka qarshi kurashish borasidagi tajribasi faol joriy qilinmoqda.

Uchrashuvda mamlakatimiz texnik yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash markazlarini tashkil etish, Xitoyning ijtimoiy himoya va sugʻurta, aholiga manzilli yordam koʻrsatish borasidagi tajribasini oʻrganishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Parlamentlar oʻrtasidagi muloqotni kengaytirish va “Oʻzbekiston-Xitoy” doʻstlik guruhlarini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Oʻtgan yili Oʻzbekistonda Xitoy madaniyati kunlari oʻtkazilgani, ayni paytda Pekinda Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida oʻtayotgan tadbirlar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.