Oʻzbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

0
51
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Quruqlik qoʻshinlari qoʻmondoni general Asim Munir boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida yuqori darajali mehmon davlatimiz rahbariga Pokiston Prezidenti Orif Alviy va Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Anvar Kakarning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda ilgari qabul qilingan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq oʻzaro savdoning yuqori oʻsish surʼatini davom ettirish, infratuzilmaviy loyihalarni tezlashtirish hamda ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan fikr almashildi.

“Termiz – Mozori-Sharif — Peshovar” temir yoʻlini barpo etish loyihasini ilgari surish maqsadida amaliy saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.