Oʻzbekiston Prezidenti Pokiston Hukumati rahbari bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi

0
78
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni Nyu-York shahrida oʻtayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi doirasida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar bilan uchrashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Muzokaralarda Oʻzbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oʻzaro savdo koʻrsatkichlari yil boshidan 75 foizga oʻsganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shu davrda yuk tashish hajmi 50 foizga oshdi, 20 ta yangi qoʻshma korxona ochildi.

Davlatimiz rahbari Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim doirasida tovar ayirboshlashni oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish ishlarini davom ettirish muhimligini taʼkidladi.

Ikki mamlakat hududlari oʻrtasida samarali hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligi koʻrsatib oʻtildi. Toʻqimachilik, farmatsevtika, elektrotexnika va turizm sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ham koʻrib chiqildi.

Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan fikr almashildi.

Transafgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini amalda ilgari surish borasida birgalikda harakat qilish muhim ekani qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.