Oʻzbekiston Prezidenti Pokiston Hukumati rahbari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

0
52
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrif doirasida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalardagi muloqotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo va yuk tashish hajmi, qoʻshma korxonalar soni ortmoqda.

Davlatimiz rahbari Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim doirasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligini taʼkidladi.

Qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, farmatsevtika, kimyo va boshqa tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2025-2026 yillarga moʻljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish muhim ekani qayd etildi.

Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi, biznes forumi va sanoat koʻrgazmasini oʻtkazishga kelishib olindi.

Transafgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini amalga oshirishda birgalikdagi saʼy-harakatlar zarurligi taʼkidlandi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.