5 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Imron Xon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Rahbarlar muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, mamlakatlarimizning doʻst xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladilar.
Joriy yil 3-4 mart kunlari Pokistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi davlat tashrifi yakunida qabul qilingan qoʻshma “yoʻl xaritasi” ijrosining borishi koʻrib chiqildi. Eng avvalo, savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, turizm, madaniyat va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi koʻp qirrali hamkorlik loyiha va dasturlarini oʻz vaqtida amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot yakunida Oʻzbekiston yetakchisi Pokiston Hukumati rahbari va xalqiga ushbu mamlakatda boʻlajak muhim siyosiy tadbir – parlament saylovi muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.