Oʻzbekiston Prezidenti “Power International Holding” bilan keng koʻlamli sheriklikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatladi

0
37
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabr kuni Doha shahrida oʻziga ajratilgan qarorgohda “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyatni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

“Power International” – dunyoning 19 ta mamlakatida energetika, neft-kimyo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport infratuzilmasi, sogʻliqni saqlash, turizm kabi sohalarda faol ish olib borayotgan Qatarning eng yirik milliy xoldingi. Yaqin Sharqdagi yetakchi koʻp tarmoqli kompaniyalardan biridir.

Bugun ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida kelgusida mintaqaning eng katta agrosanoat majmuasi boʻladigan zamonaviy chorvachilik klasteri qurilmoqda.

Mamlakatimizda yuqori tezlikda harakatlanishga moʻljallangan avtomobil magistralini barpo etish, ammiak va karbamid ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishbilarmonlik va mehmonxona infratuzilmasi, sogʻliqni saqlash obyektlarini tashkil etish istiqbolli loyihalar sifatida qayd etildi.

Qatar tomoni tez orada xolding Oʻzbekistonda oʻz ofisini ochishini maʼlum qildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.