Oʻzbekiston Prezidenti Qatarning yetakchi investitsiya idorasi rahbarini qabul qildi

0
40
marta koʻrilgan.

Qatarga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar investitsiyalar agentligi direktori Bandar bin Saud Ol Soniyni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Agentlik sanoat, infratuzilma, energetika, koʻchmas mulk, elektron texnologiyalar sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega global miqyosdagi etakchi investitsiya xoldinglaridan biri hisoblanadi. Idora rahbari bir vaqtning oʻzida Qatar Markaziy banki raisidir.

Uchrashuvda agentlikning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini mamlakatimiz hududlarida “yashil” energetika obyektlari – quyosh va shamol stansiyalarini qurish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shu jumladan zamonaviy aviaterminallar barpo etish va boshqa investitsiya loyihalariga jalb qilish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

Ilgʻor bank-moliya xizmatlarini, shu jumladan islom moliyasi dasturlari doirasida rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki tomonlama guruh uchrashuvini yaqin fursatda oʻtkazishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.