Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 oktyabr kuni Doha shahrida oʻziga ajratilgan qarorgohda Qatar Davlatining sobiq Bosh vaziri, mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston va Qatarning yetakchi kompaniya va korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Energetika, sanoat, infratuzilma, turizm, bank-moliya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.
Davlatimiz rahbari ekspertlar guruhini shakllantirish va “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish orqali qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini taʼkidladi.