Oʻzbekiston Prezidenti Qatarning sobiq Bosh vazirini qabul qildi

0
77
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni Qatar Davlatining sobiq Bosh vaziri, ushbu mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Qatar delegatsiyasi oliy darajadagi kelishuvlar doirasida yurtimizda boʻlib turibdi.

Oʻzbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Buxoro shahrida zamonaviy mehmonxona majmuasi, Toshkent shahrida yirik logistika markazi, savdo va turar-joy majmuasini qurish, yuqori tezlikda harakatlanishga moʻljallangan avtomobil va temir yoʻllar infratuzilmasini barpo etish, aeroportlarni modernizatsiya qilish, shuningdek, energetika, metallurgiya, toʻqimachilik sanoati, chorvachilik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.

Ushbu loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshma fond tashkil etish rejalari ham muhokama qilindi.

Loyihalar qoʻshma “yoʻl xaritasi” asosida amalga oshiriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.