Oʻzbekiston Prezidenti Qirgʻiziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

0
14
marta koʻrilgan.

2 may kuni Toshkent investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida Aqilbek Japarov Oʻzbekiston yetakchisiga Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazdi.

Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida koʻp qirrali sheriklikning yangi kun tartibini shakllantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.