Oʻzbekiston Prezidenti Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosarini qabul qildi

0
77
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiyada Qirgʻiziston delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Aqilbek Japarovni qabul qildi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Aqilbek Japarov Oʻzbekiston yetakchisiga Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Joriy yil mart oyida oʻtgan oliy darajadagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston sammitida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalaridagi ustuvor kooperatsiya loyihalarini tez fursatda amalga oshirish, qoʻshma investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish muhim ekani taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.