Oʻzbekiston Prezidenti qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni muhokama qildi

0
37
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda “CNH” kompaniyasi vitse-prezidenti Stiv Naderni bilan uchrashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Aktivlari qiymati qariyb 50 milliard dollar boʻlgan “CNH” transmilliy kompaniyasi qishloq xoʻjaligi mashinasozligida Oʻzbekistonning strategik hamkoridir. Mashhur “Case” va “New Holland” brendlari ostida yoʻl qurish va qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaradi.

Vitse-prezident Stiv Naderni kompaniyaning tarmoqdagi bir qator sanoat korxonalarini xususiylashtirish va modernizatsiya qilish, kombayn va paxta yigʻish mashinalarini ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, shu jumladan yuqori quvvatli traktorlar ishlab chiqarish hamda lizing tuzilmalariga toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy resurslar ajratish rejalarini bayon qildi.

Prezidentimiz kompaniyaning Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi rejalarini qoʻllab-quvvatladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.