Oʻzbekiston Prezidenti Qoʻshilmaslik harakati sammitida ishtirok etadi

0
160
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-2 mart kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Boku shahriga tashrif doirasida davlatimiz rahbari Qoʻshilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Ozarbayjon tomonining raisligida oʻtadigan tadbir kun tartibidan pandemiya oqibatlarining taʼsiri saqlanib qolayotgan hamda xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka xavf-xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda koʻp tomonlama muloqotni rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston yetakchisi Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashib, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Qoʻshilmaslik harakati harbiy-siyosiy bloklar va tashkilotlarda ishtirok etmaslikni hamda hamkorlikni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining prinsip va maqsadlari asosida rivojlantirishni oʻz tashqi siyosatining asosi etib eʼlon qilgan 120 ta ishtirokchi davlatni birlashtirgan eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri hisoblanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.