Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
151
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbatda davlat rahbarlari Qozogʻistondagi vaziyatning rivojlanishi, respublikadagi holatni barqarorlashtirish, tez fursatda tinchlik va osoyishtalikni qayta tiklash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.

Oʻzbekiston yetakchisi Qozogʻistonning birodar xalqi va rahbariyatini ularning mamlakat barqarorligi va farovonligini taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlarida doimo qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.