Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
59
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Abay viloyati hududida roʻy bergan oʻrmon yongʻini oqibatida insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayev va qardosh Qozogʻiston xalqiga chuqur hamdardlik va dalda soʻzlarini izhor etdi. Tabiiy ofatga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etishda Oʻzbekiston barcha zarur yordamni koʻrsatishga tayyor ekani taʼkidlandi.

Prezidentlar Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ham muhokama qildilar.

Savdo, sanoat, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.