Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
98
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktyabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qaragʻandi viloyatidagi konda roʻy bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.

Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda mamlakatimiz zarur koʻmakni koʻrsatishga tayyorligi taʼkidlandi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.