Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
98
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentiga Jambil viloyati Boyzoq tumanida roʻy bergan fojiali voqea oqibatida insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Oʻzbekiston Qozogʻistonga favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishda zarur koʻmak koʻrsatishga tayyor ekani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Koʻp qirrali hamkorlik ijobiy surʼat bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika, turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqa kun tartibi, avvalo, Afgʻonistondagi vaziyatning keskinlashishi yuzasidan fikr almashdilar. Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.