Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidentini yubiley bilan tabrikladi

0
49
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentini 70 yoshlik yubileyi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Qozogʻiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Qasim-Jomart Toqayevning Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshayotgan hissasi alohida qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning may oyi boshida Toshkent shahrida oʻtgan yigʻilishining sermahsul natijalari yuqori baholandi.

Qoʻshma tashqi savdo kompaniyasini ishga tushirish va Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etish yuzasidan koʻrilgan amaliy choralar qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.