Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston xalqi va Prezidentiga taʼziya yoʻlladi

0
171
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktubida qardosh Qozogʻiston hududidagi fojiali voqealar va ularning natijasida koʻplab harbiylar va aholi vakillari nobud boʻlgani hamda ogʻir jarohatlar olgani, koʻrilgan katta talofatlar munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayevga va doʻst Qozogʻiston xalqiga chuqur taʼziya izhor etilgan. 

Davlatimiz rahbari Vatan osoyishtaligi va mamlakat xalqining himoyasi yoʻlida qurbon boʻlgan fidoyi farzandlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tilagan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.