Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
91
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Koʻp qirrali hamkorlikning bugungi yuqori surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo va yuk tashishlar hajmi ortib bormoqda, aviaqatnovlar toʻliq tiklandi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni yanada koʻpaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

Afgʻonistondagi vaziyatni hisobga olgan holda xalqaro va mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.