Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
34
marta koʻrilgan.

21 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari va Qozogʻistonning birinchi Prezidenti bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, qardosh xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.