Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
112
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti — Elboshini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat hamda qardosh Qozogʻiston xalqi farovonligi yoʻlidagi tinimsiz faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Nursulton Abishevich Nazarboyevning Qozogʻiston davlatchiligini barpo etishda, mamlakat tarixining eng murakkab davrida uning suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashdagi muhim roli qayd etildi.

Elboshi rahbarligida Qozogʻistonda tinchlik va totuvlik taʼminlangani, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda katta yutuqlarga erishilgani, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi salmoqli darajada yuksalgani alohida taʼkidlandi.

Suhbat chogʻida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarga doir, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Oliy darajada erishilgan, avvalo savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika sohalarida, boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishga muhim eʼtibor qaratildi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishi qatʼiy ekanini tasdiqladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.