Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning birinchi Prezidentini tabrikladi

0
143
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot chogʻida keyingi yillarda Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yuqori surʼat bilan rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qozogʻistonning birinchi Prezidenti Oʻzbekiston rahbariga tabrik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizdagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar izchil davom ettirilishiga ishonch bildirdi.

Suhbat yakunida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev muborak Qurbon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladilar.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here