Oʻzbekiston Prezidenti Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

0
37
marta koʻrilgan.

Tatariston Respublikasiga tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qozon Kremli” tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi.

Qozondagi Kreml YUNYeSKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Qozonning eng qadimgi qismi boʻlib, shaharning koʻp asrlik tarixini oʻzida mujassam etgan meʼmoriy, tarixiy va arxeologik yodgorliklardan iborat.

Bu yerda Oʻzbekiston Prezidenti Qul Sharif masjidini kirib koʻrdi.  Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Kamil Samigullin oliy martabali mehmonga masjid tarixi haqida batafsil soʻzlab berdi. Duo oʻqildi.

Masjid 1996-2005 yillarda Qozon xonligi hududida XVI asrning ikkinchi yarmiga qadar mavjud boʻlgan juma masjidi oʻrnida bunyod etilgan va Imom Qul Sharif nomi bilan atalgan.

Davlatimiz rahbari Qozon va Tatariston mitropoliti Kirill hamrohligida Blagoveshensk soborini ham koʻzdan kechirdi. Qozon Kremli hududidagi obidalarning eng qadimgisi boʻlgan ushbu inshoot XVI asrda bunyod etilgan. Pskov meʼmorchilik anʼanalarining yorqin namunasidir.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.