Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Malayziyada boʻladi

0
33
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-5 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tashrif doirasida Kuala-Lumpur shahrida Bosh vazir Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar, Malayziyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar, qoʻshma biznes forumi va boshqa tadbirlarda koʻzda tutilgan.

Boʻlajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston-Malayziya doʻstlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni, shu jumladan, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, texnologik kooperatsiya, neft-kimyo, elektronika, «yashil» energetika, «aqlli» qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa koʻplab ustuvor yoʻnalishlarda kengaytirish masalalari oʻrin olgan. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Yetakchilar xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ham koʻrib chiqadilar.

Sammit yakunida ikki davlat oʻrtasidagi keng koʻlamli sheriklikni yanada rivojlantirishga qaratilgan Qoʻshma bayonot va salmoqli bitimlar toʻplami qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlash joizki, tashrif arafasida Malayziyada bir qator muhim tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, yetakchi tahlil markazlari va tadqiqot tuzilmalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Yaqin kunlarda Oʻzbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi taqdimotlari, ikki mamlakat yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.