Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston hududlarining Tatariston bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Ilgari erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat yetakchi korxonalari oʻrtasida sheriklik aloqalari va kooperatsiya rivojlanayotganining ilk muhim natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzaro savdo hajmi ortib, nomenklaturasi sifatli kengaymoqda, qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bugun Toshkent viloyatida yangi “Chirchiq” texnologik parki qoʻshma loyihasiga start berildi.
Gumanitar yoʻnalishda, shu jumladan taʼlim va madaniyat sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.
Sanoat kooperatsiyasi, axborot texnologiyalari, transport va logistika, farmatsevtika va turizm sohalarida loyihalarni yanada ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Turli darajalardagi faol muloqotlarni va “yoʻl xaritasi” asosida birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.