Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkinni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda forumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.
Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish doirasida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Tovar ayirboshlash barqaror surʼat bilan oʻsayotgani, sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlarda muhim loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Joriy yil 22-24 aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtgan navbatdagi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi yakunlari yuksak baholandi.
Yuqori texnologiyalar, taʼlim, sport, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.