Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

0
58
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytarish, sunʼiy intellektni joriy etish va raqamlashtirish borasida bosh prokuraturalar oʻrtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Mamlakatlarimiz prokuratura idoralari oʻrtasida yaqin muloqotni yoʻlga qoʻyish, oʻzaro aloqa va almashinuvlarni kengaytirish, qoʻshma tadbirlar oʻtkazish zarurligi taʼkidlandi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here