Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

0
124
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Uchrashuv avvalida Maksim Reshetnikov davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Toshkent forumining muvaffaqiyatli natijalari bilan samimiy tabrikladi.

Koʻp qirrali Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligini kengaytirish boʻyicha oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Sanoat kooperatsiyasiga doir aniq loyihalarni ilgari surish va oʻzaro savdo koʻrsatkichlarining ijobiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻtgan yil yakuni boʻyicha ikki tomonlama tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning birinchi oylarida savdo koʻrsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshdi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 2 mingdan ortiq qoʻshma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

Uchrashuvda ikki mamlakat hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.