Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
123
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.      

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari rossiyalik hamkasbini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.

Prezident Vladimir Putin rahbarligida Rossiyaning barqaror taraqqiyoti taʼminlanayotgani, aholi farovonligi muttasil oshib, mamlakatning xalqaro maydondagi oʻrni va nufuzi mustahkamlanayotgani taʼkidlandi.

Tomonlar Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, bugungi kunda ular sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyiganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, oʻzaro savdo hajmini koʻpaytirish, investitsiya, fan-texnika, transport-logistika, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhim ekaniga eʼtibor qaratdilar.

Prezidentlar samarali parlamentlararo, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettirish zarurligini taʼkidladilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.

Muloqot soʻngida davlat rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi doʻstlik va koʻp qirrali sheriklikni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yoʻlida yanada mustahkamlash borasida intilishlari qatʼiy ekanini tasdiqladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.