Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

0
77
marta koʻrilgan.

 Toshkent shahrida oʻtayotgan xalqaro konferensiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 6 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Boʻlajak oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik koʻrish, qoʻshma dastur va loyihalarni, eng avvalo savdo-iqtisodiy va madaniy gumanitar sohalarda ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashishi sharoitida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalasi koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.